Yangiliklar

Image

“Cerebrum” aʼzolari “Zakovat”da munosib ishtirok etdi

⚡️Andijon davlat pedagogika institutida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Unda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlardan iborat jamoalar oʻzlarining bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Ushbu bellashuv “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi orasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish, gender tengligini taʼminlash, yurtimizda xotin-qizlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ayollarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda ularning intellektual qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilindi.

Jamoa ishtirokchilariga adabiyot, mantiq, tarix, psixologiya fani yoʻnalishlari boʻyicha savollar berildi. Zukkolik, tezkorlik, yuqori bilim va salohiyat talab etgan intellektual oʻyin gʻoliblik uchun murosasiz bahslarga boy kechdi.

Keskin kurashlar va kuchli his-hayajon ostida oʻtgan turnirda Andijon mashinasozlik institutining “Cerebrum” jamoasi uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.

Gʻoliblar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Qidirish