Yangiliklar

Image

“Zukko kitobxon” intellektual oʻyini birinchi turi oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik institutida institut rektorining sovrini uchun “Zukko kitobxon” intellektual oʻyinining birinchi turi oʻtkazildi.

Unda tarkibi olti nafar kitobxondan iborat yettita jamoa ishtirok etdi.

Ushbu intellektual bellashuv yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, intellektual salohiyati va iqtidorini namoyish etishi uchun imkoniyat yaratish hamda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda zukko yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Bellashuvda ishtirokchilar oʻzbek va jahon adabiyotining sara asarlari boʻyicha oʻzining bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazishdi.

Tadbir davomida bilimdonlar Marsel Brionning “Menkim soxibqron-joxongir TEMUR”, Jeymis Klirning “Atom odatlari”, Oʻtkir Hoshimovning “Nur borki soya bor”, Tohir Malikning “Nafs kishanlari” hamda Shukrilloning “Kafansiz koʻmilganlar” asarlari boʻyicha savollarga javob berishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti 20.5 ball toʻplab, toʻgʻridan toʻgʻri soʻnggi final turida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Qidirish