Yangiliklar

Image

Ispaniya oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatiladi

Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oʻzbekiston-Ispaniya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.

Unda Ispaniya Fan, innovatsiyalar va universitetlar vazirligi boshchiligidagi 12 ta oliy taʼlim muasassalaridan iborat delegatsiya hamda respublikamizning oʻttizdan ortiq oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakulteti dekani Akbarjon Boymirzayev ham qatnashdi.

Davra suhbati davomida Alikante, Valyadolid, Lleida hamda Xuelva universitetlari vakillari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.

Muzokaralar davomida kelajakda oʻqituvchilari malaka oshirishi, talabalar almashinuvi, qoʻshma taʼlim loyihalari boʻyicha ishlar olib borish boʻyicha kelishuv yoʻlga qoʻyish mumkinligi qayd etildi.

Tomonlari bir-birlarini oʻzlari faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasalari bilan yanada yaqindan tanishtirish maqsadida mehmonga taklif qilishdi.

Qidirish