Yangiliklar

Image

Yoshlarni ekstremizm gʻoyalaridan asrash – barqarorlik omili

Andijon mashinasozlik instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetida “Yoshlarni ekstremizm gʻoyalaridan asrash – barqarorlik omili!” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi.

Tadbir yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda ularning tafakkurida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan immunitetni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Unda talaba-yoshlarga diniy ekstremizm va terrorizm, “ommaviy madaniyat”, hamda maʼnaviy tahdidlar kabi salbiy illatlar va uning zararli oqibatlari haqida maʼlumot berildi.

Bugungi globallashuv va taraqqiyot asri har kimdan kuchli bilim va tafakkur egasi boʻlishni, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli va maqsadli foydalanishni, sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarga nisbatan mustahkam fuqarolik pozitsiyasi bilan yondashishni talab etayotgani qayd etildi.

Tadbirda maʼruzachilar tomonidan turli vaʼdalarga ishonib aldanib qolmasdan, balki, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga oʻz hissasini qoʻshish, halol mehnat qilishga odatlanish, kelgusida malakali mutaxassis boʻlib yetishishga harakat qilish bugungi yoshlarning asosiy vazifalaridan biri ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

Uchrashuv soʻngida talabalar ham mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdilar.

Qidirish