Yangiliklar

Image

Milliylik timsoli aks etgan “Xon atlas“ festivali oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik institutida oʻzbek xalqining asrlik oʻtmish madaniyati, urf-odat va anʼanalari, didi, estetik qarashlari shuningdek, tashqi qiyofa, libos borasida oʻziga xos xususiyatlarini namoyish etish maqsadida “Xon atlas” festivali oʻtkazildi.

Milliy qadriyatlar haftaligi doirasida tashkil etilgan tadbirda institutning ayol professor-oʻqituvchilari va talaba-qizlari milliyligimizni oʻzida aks etgan atlas, adras liboslarida ishtirok etishdi.

Tadbirda azaliy qadriyatlarimizni oʻzida ifoda etgan ushbu goʻzal matolar milliy boyligimiz sanalishi, unda xalqimizning shonli oʻtmishi, qadimiy anʼanalari va oʻziga xos xususiyatlari mujassamligi, bugungi kunda xonatlas butun dunyoda oʻz muxlislariga egaligi, undagi yorqin ranglar va takrorlanmas naqshlar kishiga xush kayfiyat bagʻishlashi, maftun etishi eʼtirof etildi.

Shuningdek, yosh avlodda milliy gʻurur hissini uygʻotish, madaniy ildizlariga boʻlgan hurmat va qiziqishni kuchaytirish, shuningdek milliy urf-odat va anʼanalar bilan birga umuminsoniy axloq qoidalarini, umum eʼtirof etilgan did va estetik qarashlarni shakllantirish, turli tashkilotlarda faoliyat koʻrsatayotgan xodimalar oʻrtasida milliy qadriyatlarni targʻib etish, ularning kiyinish uslubini yanada takomillashtirish, kiyinish madaniyatiga yangi uslub va tamoyillarni tavsiya etish boʻyicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir davomida “Estetik did: Milliylik va zamonaviylik?”, “Kiyinish madaniyatini, liboslar tarixini oʻrganamiz!” mavzularida viktorinalar oʻtkazildi.

Bundan tashqari Milliy va zamonaviy ruhdagi konsertlar, ommaviy raqs hamda folklorga oid asosida dasturlar namoyish etildi.

Dizaynerlar tomonidan tikilgan chinakam goʻzallik va milliy kolorit uygʻunlashgan turli kiyimlar asosidagi professional podiumlar va taqdimotlar namoyishi barchada katta taassurot uygʻotdi.

Qidirish