Yangiliklar

Image

Xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar-trening oʻtkazilmoqda

Andijon mashinasozlik institutida Belgiya taʼlim Kengashi hamkorligida “Xalqaro reyting va uning indikatorlari, ishtirok etish imkoniyatlari xamda cheklovlari, amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar” mavzusida seminar-trening oʻtkazilmoqda.

Unda institut rektori Umid Turdialiyev, prorektorlar, fakultetlar dekanlari, kafedra mudirlari hamda professor-oʻqituvchilar ishtirok etmoqda.

Treningni Belgiya taʼlim kengashini rivojlantirish boʻyicha direktori Yelena Loktev hamda Kengashning xalqaro ekspertlari Marina Skiba va Irina Yefimovalar olib bormoqda.

Trening davomida xalqaro reytinglardan oʻrin olish uchun muassasada amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar, bunda nimalarga eʼtibor qilish lozimligi boʻyicha maʼlumot berilmoqda.

Seminar-trening uch kun davom etadi.

Qidirish