Yangiliklar

Image

Institutimiz vakillari Qirgʻizistondagi anjumanda ishtirok etishdi

Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh shahrida joylashgan akademik Batirali Sidiqov nomidagi Qirgʻiz-Oʻzbek xalqaro universitetida muassasa tashkil etilganligining 30-yilligi munosabati bilan tadbirlar tashkil etildi.

Ushbu tadbirlar doirasida universitetning birinchi rektori, akademik Muhammadjon Mamasaidov tavalludining 75-yilligiga bagʻishlab “Raqamli asrda fundamental fanlarni rivojlantirishning dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ham oʻtkazildi.

Unda nafaqa Qirgʻiziston Respublikasining, balki qoʻshni Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston hamda boshqa bir qator mamlakatlar oliy taʼlim muassasalarining taniqli olimlari, professor-oʻqituvchilar, jamoat va davlat arboblari, mahalliy hokimliklar vakillari, M.Mamasaidovning zamondoshlari va shogirdlari ishtirok etdi.

Tadbirda Andijon mashinasozlik institutining axborot texnologiyalari boʻyicha prorektori Murodjon Sherboyev boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.

Bayram tadbirida soʻzga chiqqan institutimiz vakillari Qirgʻiz-Oʻzbek xalqaro universiteti bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalari haqida toʻxtalib, universitet jamoasini barcha Andijon mashinasozlik instituti nomidan bayram bilan tabriklab, esdalik sovgʻalarini topshirdilar.

Ilmiy-amaliy anjuman davomida delegatsiyasi aʼzolari oʻzlarining maʼruzalari bilan chiqish qilishdi.

Qidirish