Yangiliklar

Image

Rostgoʻylik va haqiqatni shior bilgan zot

Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazida Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti bilan hamkorlikda “Sohibqiron Amir Temur – avlodlar iftixori” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Sohibqiron Amir Temur – oʻzligimizni anglash, milliy anʼana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulugʻvor ishlarda xalqimizga maʼnaviy kuch bagʻishlab kelayotgan ulugʻ siymolardan biri ekanligini, davlatni oqilona va odilona boshqarish sanʼati bayon etilgan “Temur tuzuklari” bugun ham oʻzining chuqur mazmun-mohiyati va dolzarbligini yoʻqotmaganini, aksincha, hayotiy jabhalarda maʼnaviy mezon boʻlib xizmat qilayotganligi taʼkidlandi.

Bugungi kunda mamlakatimizda taniqli davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temurning jahon tamadduniga qoʻshgan ulkan hissasini oʻrganish, targʻib etish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonida buyuk bobokalonimiz hayoti, faoliyati va maʼnaviy merosidan samarali foydalanish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganligi aytib oʻtildi.

Jahongir Temur bobomiz nomi, uning shiori, ezgu amallari, faoliyati, gʻoyalari toʻgʻrilik, rostgoʻylik, mardlik, jasorat, qatʼiyat, donishmandlik, xaloskorlik bilan bevosita bogʻliqligi qayd etildi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan kitoblar koʻrgazmasi ishtirokchilarga tariximiz, buyuk bobomiz hayoti va faoliyati bilan kengroq tanishishga yordam berdi. Talaba yoshlar tomonidan Amir Temur, Vatan, milliy qadriyatlar haqida sheʼrlar oʻqildi.

Qidirish