Yangiliklar

Image

“Temur tuzuklari” bilimdoni” intellektual tanlovi oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakultetida “Temur tuzuklari” bilimdoni” intellektual tanlovi oʻtkazildi.

Buyuk sarkarda Amir Temur tavalluding 688-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tanlovda fakultetning yigirma nafar talabalari sohibqiron hayoti va “Temur tuzuklari” asari asosida tuzilgan savollarga berilgan javoblar orqali oʻzlarining bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.

“Ushbu tanlovni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad — buyuk ajdodimizning boy maʼnaviy merosini, harbiy sanʼat, madaniyat, jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan ulkan hissasini oʻrganish hamda kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama targʻib etish, talaba yoshlarning bilimini mustahkamlash iborat boʻldi”,-deydi fakultet tyutori Shuhratbek Noʻmonjonov.

Tanlov yakuniy natijalariga koʻra, Olloberdi Nosirov eng savolga javob topish orqali gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Anvarjon Neʼmatullayev hamda Shohruxbek Anvarbekovlarga esa ikkinchi va uchinchi oʻrinlar nasib qildi.

Qidirish