Yangiliklar

Image

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash - nuroniylarning muqaddas burchi

Andijon mashinasozlik instituti “Vatanimiz ravnaqi yoʻlida xalqimizga kamarbastamiz” shiori ostida “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash - nuroniylarning muqaddas burchi!” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Unda Mashinasozlik texnologiyasi hamda Elektrotexnika fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirga Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi dotsenti Turgʻunoy Djalilova hamda Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar kafedrasi dotsenti Sultonboy Abdurahmonovlar qatnashib, oʻzlarining hayot yoʻllari, ilmiy izlanishlari, mashaqqatli hamda baxtli onlari toʻgʻrisida soʻzlab berishdi.

Davra suhbatida yurt tinchligini himoya qilishda har bir yosh avlod oʻz hissasini qoʻshishlari lozimligi, vatan himoyasi muqaddas burch ekanligi turli misollar bilan tushuntirildi.

Talabalar faxriy ustozlardan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Tadbir soʻnggida ustozlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Qidirish