Yangiliklar

Image

Diniy bagʻrikenglik ota-bobolarimizdan meros boʻlgan milliy qadriyat

Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakultetida “Diniy bagʻrikenglik ota-bobolarimizdan meros boʻlgan milliy qadriyat” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Akmaljon Ermatov, institut rektorining talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash boʻyicha maslahatchisi Anvarjon Islomov, Transport va logistika fakulteti dekani Nilufarxon Qobulova hamda profilaktika inspektori Izzatillo Qahhorovlar ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar yurtimizda bir yuz oʻttizdan ortiq millat va elat vakillari yagona oila farzandlaridek ahil yashab kelayotganini qayd etib, hozirgi globallashuv jarayonida diniy bagʻrikenglik, dinlararo totuvlik, oʻzaro hamkorlik masalasi rivojlangan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarning tinchligi hamda taraqqiyoti uchun eng muhim tamoyillardan biri hisoblanishini qayd etdilar.

Bundan tashqari islom dini hech qachon yovuzlikni targʻib etmasligi, aksincha bu din bunyodkorlik, ota-onani eʼzozlash, Vatanni sevish, halol ishlarga chorlaydigan, pok din ekanligi, ayrim diniy oqimlar dinni niqob qilib olib borayotgan yovuz harakatlari ushbu dinga umuman toʻgʻri kelmasligi taʼkidlandi.

Shuningdek, har bir inson oʻzining maʼnaviy–maʼrifiy saviyasini oshirishi, oʻzida turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, ekstremizm, terrorizm, radikalizm, “Ommaviy madaniyat” va boshqa yot gʻoyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishi muhimligi qayd etildi.
Tadbirda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga maʼruzachilardan javob olishdi.

Qidirish