Yangiliklar

Image

"Yosh kitobxon talabalar ligasi" tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Andijon mashinasozlik institutida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi boʻlib oʻtdi.
Unda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari, Transport va logistika, Mashinasozlik texnologiyasi hamda Iqtisodiyot fakultetlarining talabalaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi.

Mazkur tanlov “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi doirasida talaba-yoshlari oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targʻib etish, kitobga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, targʻibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish va ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazildi.

Tanlov davomida ishtirokchilar “Men yoqtirgan asar” va “Eng bilimdon kitobxon” shartlari boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Birinchi shartda jamoalar uch daqiqa davomida oʻzlari sevib oʻqigan asarlari boʻyicha oʻqiganlaridan olgan xulosalarini aytishdi. Ikkinchi shart davomida esa Jadidlar hayoti va ijodidan savollarga javob berishdi.

Yakunda Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Iqtisodiyot hamda Transport va logistika fakultetlari jamoalari ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallashdi.

Maʼlumot uchun, tanlovda birinchi oʻrinni egallagan jamoaning har bir aʼzosiga bazaviy stipendiya miqdorining uch barobari, ikkinchi oʻrinni egallagan jamoaning har bir aʼzosiga BHMning ikki barobari, uchinchi oʻrin sohiblari esa BHMning bir barobari miqdorida pul mukofoti diplom va faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi.

Qidirish