Yangiliklar

Image

“Maʼrifat maydoni” tanlovining hududiy bosqichi oʻtkazildi

Andijon davlat universitetida “Maʻrifat maydoni” Respublika koʻrik tanlovining hududiy bosqichi oʻtkazildi.


Unda viloyatimizdagi beshta oliy taʼlim muassasalarining jamoalari, jumladan, Andijon mashinasozlik institutining “Nihol” jamoasi ham ishtirok etdi.
Ushbu tanlov Oliy taʻlim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talaba-yoshlar orasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targʻib qilish, yoshlarimizni adabiyotga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinmoqda.


Tanlov davomida talaba-yoshlar 3 ta “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob” hamda “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” shartlari boʻyicha oʻzlarining bilim va mahoratlarini namoyon etishdi.


Tanlov qiziqarli sahna koʻrinishlariga boy boʻldi.
Maʼlumot uchun, tanlovning Respublika bosqichi gʻoliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.

Qidirish