Yangiliklar

Image

PUBG MOBILE boʻyicha kibersport musobaqasi oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik institutida kibersportning PUBG MOBILE turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari oʻtkazildi.

Ushbu musobaqa davlatimiz rahbarining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, kibersportni xavfsiz rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha ekotizim yaratish, ushbu yoʻnalishda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional kibersportga yoʻnaltirish, axborot texnologiyalari va IT-industriya uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularni sohaga jalb qilish maqsadida oʻtkazildi.

Unda har biri toʻrt kishilik oʻttizdan ortiq jamoa gʻoliblik uchun oʻzaro kurashdi. Jamoalar Lobbi shaklida “ERANGEL” va “MIRAMAR” kartasida bellashdilar.

Musobaqaning yakuniy bosqichida Iqtisodiyot fakultetining “Sirius” jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Transport va logistika fakultetining “GLS” jamoasi ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining “707*Esports” jamoasiga uchinchi oʻrin nasib etdi.

Qidirish