Yangiliklar

Image

Institutning bir guruh talabalari almashinuv dasturi doirasida Xitoyga joʻnab ketdi

Andijon mashinasozlik instituti hamda Shimoliy Xitoy Texnologiyalar universteti oʻrtasida 2018-yilda hamkorlik memorandumi imzolangan boʻlib, unga koʻra, ikki tomonlama oʻzaro tajriba almashish, ilmiy tadqiqot ishlarni hamkorlikda olib borish, ilmiy loyihalarini tayyorlash kabi masalalar amalga oshirib kelinmoqda.
Memorandumga asosan ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida talabalar almashinuvi dasturi belgilangan. Ushbu dastur doirasida 2024-yil aprel oyidan iyun oyiga qadar Iqtisodiyot fakultetining Iqtisodiyot hamda Menejment yoʻnalishida tahsil oluvchi talabalarning almashinuv dasturida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Shunga asosan kuni kecha Iqtisodiyot yoʻnalishining 2-bosqich talabalari Muhammadsaid Shukiraliyev, Temurbek Qodirov, Menejment yoʻnalishining 3-bosqich talabasi Asadbek Abduvaliyev hamda Iqtisodiyot yoʻnalishining 4-bosqich talabasi Sarvinozxon Shokirovalar tahsil olish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga joʻnab ketishdi.
Belgilangan rejaga asosan talabalar 2-apreldan 8-iyunga qadar almashinuvi dasturi doirasida oʻqishni davom ettirishadi.

Qidirish