Yangiliklar

Image

“Elektr” “Quvnoqlar va zukkolar”da yana chempion

Andijon shahridagi “Yoshlar markazi”da “Talabalar bahori” festivali doirasida “Rektor kubogi” uchun “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, talabalar hayotida uchrab turadigan muammolar, kamchiliklar va nuqsonlarni yumoristik va satirik janrlar orqali koʻrsatib berishga qaratilgan tanlovda beshta fakultetning jamoalari ishtirok etdi.

Jamoalar ikkita shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Yakunda tanlovning 2023-yildagi gʻolibi Elektrotexnika fakultetining “Elektr” jamoasi yuqori ball toʻplab, yana chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Avtomobilsozlik fakultetining “Shedevr” hamda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetining “Intellekt” jamoalari ikkinchi va uchinchi oʻrinlarga sazovor boʻlishdi.

Tanlov yakunida institut rektori Umid Turdialiyev soʻzga chiqib, talabalar tomonidan olib chiqilgan sahna koʻrinishlari yuzasidan oʻzining fikr-mulohazalarini bildirdi. Bundan keyin ushbu tanlov har yili 1-aprel kuni oʻtkazilishini aytib, koʻchma kubokni oʻz egalariga topshirdi.

Qidirish