Yangiliklar

Image

Professor-oʻqituvchilar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar tahlil qilindi

Andijon mashinasozlik instituti rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev Elektrotexnika va Mashinasozlik texnologiyasi professor-oʻqituvchilari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilishda oʻtgan yillar davomida milliy va xalqaro reytinglarda erishilgan yutuqlar qayd etilib, bunda barchaning hissasi borligini bildirildi. Shuningdek, institut boʻyicha umumiy holda oʻsish kuzatilgan boʻlsa-da, ayrim kafedralar mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanmayotgani sababli taʼkidlandi.

 Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtkazilgan yigʻilish davomida fakultetlardagi har bir kafedra va professor-oʻqituvchilarining faoliyatidagi kamchiliklar muhokama qilindi. Xususan, kafedralarning xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va jamgʻarmalarning grantlari asosida oʻtkazilgan tadqiqotlardan olingan mablagʻlar hisobiga ilmiy-tadqiqot ishlari toʻlaqonli amalga oshirilmayotganligi qattiq tanqid ostiga olindi. Bundan tashqari barcha kafedralarda xorijiy tildan malaka sertifikatiga ega oʻqituvchilar mavjud boʻlsa-da xorijiy tillarda dars mashgʻulotlari tashkil etish talab darajasida emasligi, buning natijasida xorijiy talabalar yoʻqligi alohida taʼkidlab oʻtildi. 

 Shu bilan birga soʻnggi paytlarda aksariyat kafedralardan birorta ham xalqaro va respublika miqyosida gʻolib yoki sovrindor boʻlgan talabalar yoʻqligi achinarli holat ekanligi tanqid qilindi.

Ayrim professor-oʻqituvchilar faoliyatiga toʻxtalinar ekan ularning oʻzi egallab turgan lavozimga loyiq faoliyat koʻrsata olmayotganligi bildirilib, bunday davom etsa ularga nisbatan keyingi oʻquv yili tegishli choralar koʻrilishi haqida ogohlantirdi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqan kafedra mudirlari Sh.Yoʻldashev, X.Akbarov va boshqalar tanqidlardan oʻzlariga xulosa chiqarib olganliklarini, aytib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilib, ijobiy natijalarni koʻrsatishga vaʼda berdilar.

Qidirish