Andijon mashinasozlik instituti axborot texnologiyalari boʻyicha prorektori Sherboyev Murodjon Foziljon oʻgʻli texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) boʻyicha “Piyoz urugʻini qatorlab ekadigan mashina konstruksiyasini ishlab chiqish va uni tadqiq etish” mavzusidagi dissertatsiya ishini munosib himoya qildi.
🏛️Namangan muhandislik-qurilish instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi Kengashning 2024-yil 30-martdagi qaroriga asosan Sherboyev Murodjon Foziljon oʻgʻli 05.07.01 – Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari) ixtisosliklari boʻyicha tayyorlagan texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.
Institut jamoasi M.Sherboyevning kelgusi ilmiy va ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.