Yangiliklar

Image

#Taʼziya: Andijon mashinasozlik instituti professori Abdulaziz Sotvoldiyev 74 yoshida vafot etdi.

#Taʼziya

Abdulaziz Sotvoldiyev 1950-yilda Andijon shahrida tugʻilgan. 1971-yilda Toshkent politexnika institutini iqtisodiyot va kimyo sanoatini tashkil etish yoʻnalishi bakalavriatini, 1977-yilda aspiranturasini tamomlagan. Shuningdek, 1993-yilda Sankt-Peterburg iqtisod va moliya universiteti doktoranturasini bitirgan. Iqtisod fanlari doktori, professor.

Sotvoldiyev mehnat faoliyatini 1971-1974-yillarda Toshkent politexnika instituti Kimyo sanoati iqtisodi va uni boshqarish kafedrasi assistentligidan boshlagan. 1977-1990-yillarda Andijon viloyati mehnatni tashkil etish markazi boʻlim boshligʻi, Toshkent xalq xoʻjaligi instituti Andijon filiali savdo iqtisodi kafedrasi katta oʻqituvchisi, mudiri, 1993-1995-yillarda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori vazifalarida ishlagan. 2011-2021-yillarda Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish, sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish kafedralari professori lavozimlarida ishladi. 2021-yildan shu kunga qadar Iqtisodiyot kafedrasi professori sifatida yoshlarga taʼlim tarbiya berib kelayotgandi.

Qayd etish lozim, Abdulaziz Sotvoldiyev 1995-yildan 2011-yilga qadar Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori sifatida faoliyat yuritib, oliy taʼlim tizimini rivojlantirish, malakali mutaxassislarni tayyorlashda oʻzining salmoqli hissasini qoʻshgan.

Andijon mashinasozlik instituti jamoasi va rahbariyati A.Sotvoldiyevning bevaqt vafoti munosabati bilan uning yaqinlari va hamkasblariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Qidirish