Yangiliklar

Image

Fizika fani olimpiadasi gʻoliblari aniqlandi

Andijon mashinasozlik institutida birinchi va ikkinchi bosqich talabalar oʻrtasida Kimyo fani boʻyicha olimpiadasi oʻtkazildi.

Institut tahsil olayotgan istiqbolli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning iqtidorini roʻyobga chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish yoʻlida yaqindan yordam berish maqsadida tashkil etilgan mazkur ilm-fan bellashuvida sakson olti nafar talaba ishtirok etdi.

Olimpiadada ishtirokchilarning bilimlari ikki – test va yozma ish bosqichida sinovdan oʻtkazildi.

Ikkinchi bosqichda olti nafar talaba qatnashib, besh donadan masalalar yechishdi.

Yuqori malakali hakamlar hayʼatining yakuniy baholariga koʻra, Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti Mexatronika va robototexnika yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Akbar Hakimov eng yuqori ball toʻplab, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Elektrotexnika fakulteti Elektr energetikasi yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Behzod Tojiboyev hamda Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti Axborot texnologiyalari va tizimlari yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Zarnigor Soliyeva faxrli ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallashdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, birinchi oʻrinni egallaganlarga bazaviy stipendiya miqdorining 1.5 barobari, ikkinchi oʻrin uchun bazaviy stipendiya miqdorining 1.2 barobari, uchinchi oʻrin uchun bazaviy stipendiya miqdorining bir barobari miqdorida ragʻbatlantiriladi.

Qidirish