Yangiliklar

Image

“Yashil makon” doirasida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi

29-mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi  oʻtkazildi.

Yigʻilishda loyiha doirasida oʻtgan yillar davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar, yangi tashabbuslar bildirildi.

Yigʻilishda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon mashinasozlik institutida bugun obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Institut maʼmuriyati, professor-oʻqituvchilari va xodimlari oʻzlari mehnat qilayotgan binolar atrofi tozalanib, oqlandi. Shuningdek, atrofdagi ariqlar va lotoklar tozalanib, daraxtlarni butash, shakl berish, taglarini oqlab, sugʻorish, parvarish qilish ishlari izchillik bilan amalga oshirildi.

Bundan tashqari boʻsh turgan joylarga mevali va manzarali daraxtlar hamda gul koʻchatlari ekildi.

Albatta bu  mehnatlar zamirida atrof muhitning goʻzal va egologiyaning toza boʻlishiga oʻz hissasini qoʻshishi shubhasiz.

Qidirish