Yangiliklar

Image

Yaxshi mutaxassis mehnat bozorida eʼtibordan chetda qolmaydi

Andijon mashinasozlik instituti rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyevning bitiruvchilar bilan oʻtayotgan navbatdagi uchrashuvi Iqtisodiyot va Avtomobilsozlik fakultetlarining 4-bosqich talabalari bilan boʻldi.

Uchrashuv davomida rektor bitiruvchilarning kelgusidagi rejalari, diplom oldi amaliyot jarayonlari va qiynayotgan muammolarni tinglab, oʻzining maslahat va tavsiyalarini berdi. Shuningdek, taʼlimning keyingi bosqichlarni davom ettirish niyatida boʻlganlarga, magistratura, doktorantura bosqichlariga qabul jarayonlari, xususan xorijiy tillarni oʻrganish zaruriyatga aylanayotganligi taʼkidladi.

“Yana bir necha oylardan soʻng institutni tamomlab qoʻlingizga diplomni olasiz. Oliy maʼlumotli mutaxassisga aylanib, mehnat bozoriga chiqasiz. Mehnat bozorida “xaridorgir” kadr boʻlish yoki boʻlmaslik sizning toʻrt yil davomida olgan bilimlaringizga bogʻliq. Agar ustozlardan olgan yetarli bilimlaringizni amaliyot jarayonlarida tatbiq eta olsangiz korxona va tashkilot rahbarlari oʻylanmasdan sizni ishga qabul qilishlari mumkin boʻladi. Bir narsani unutmanglar, yaxshi mutaxassis hech qachon eʼtibordan chetda qolma ydi”, — deya rektor uchrashuv davomida bitiruvchilarga oʻzining bir qancha tavsiyalarini berdi.

Uchrashuv talaba yoshlarga katta motivatsiya berdi, yangi gʻoyalar va tashabbuslarni ilgari suruvchi muloqot maydoni boʻldi.

Qidirish