Yangiliklar

Image

Oʻz xalqini baralla kuylagan shoir

Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazida Oʻzbek adabiyotining yirik namoyondasi, Oʻzbekiston xalq shoiri, akademik Gʻafur Gʻulom tavalludining 121-yilligi munosabati “Oʻz xalqini baralla kuylagan shoir” mavzusida adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi.

Unda Elektrotexnika fakulteti talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda Andijon davlat universiteti Oʻzbek adabiyoti tilshunosligi kafedrasi katta oʻqituvchisi B. Moʻminov, institutning Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi M. Xaliqova, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri X.Maxsudova, Oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi M.Xasanovalar nutq soʻzladilar.

Notiqlar Gʻofur Gʻulomning sheʼriyati va nasrida oʻzbek xalqi tarixi oʻzining badiiy timsolini topgani, yozuvchining ijodi rang-barang — sheʼrlar, qoʻshiqlar, dostonlar, qasidalar, hikoyalar, qissalardan iboratligi qayd etildi. Gʻofur Gʻulomning urushdan keyingi davrdagi ijodi oʻzbek adabiyoti rivojida beqiyos oʻrin tutgani, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini oʻzbek tiliga mohirona tarjimasi bilan mashhurligi taʼkidlandi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan ijodkorning ijod namunalaridan oʻqib, asarlari yuzasidan oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Qidirish