Yangiliklar

Image

Instituti ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Andijon mashinasozlik instituti ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Uni institut rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev ochdi va olib bordi.

Yigʻilish anʼanaga muvofiq erishilgan yutuqlar eʼtirofidan boshlandi. Ilmiy daraja hamda unvonlar bilan taqdirlangan professor-oʻqituvchilar jamoa nomidan tabriklandi.

 

Gumanitar fanlari kafedrasi professori Ulugʻbek Abdullayevga professorlik hamda Iqtisodiyot fakulteti dekani Doniyorbek Sarimsoqovga dotsentlik ilmiy darajalarini dalolat beruvchi guvohnoma va esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Yigʻilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023-yil reyting natijalari, Talabalarning malakaviy va bitiruv oldi amaliyoti, Yakuniy davlat attestatsiya sinovlariga tayyorgarlik ishlarining borishi, 2024-2025 oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari ishchi oʻquv rejalarini tasdiqlash, ijro intizomi va hujjatlar nazorati hamda ushbu jarayonni amalga oshirish va fuqarolar murojaatlari monitoringi borishi haqidagi masalalar koʻrib chiqildi. 

Ilmiy kengash koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildi.

Qidirish