Yangiliklar

Image

Mudofaa vazirligi vakili institut faoliyati bilan tanishdi

Kuni kecha Mudofaa vazirligi harbiy kadrlar tayyorlash boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Ulugʻbek Mamadaliyev Andijon mashinasozlik institutida mehmon boʻldi.

Mehmon muassasada yaratilgan sharoitlar, oʻquv binolarining holati, mavjud laboratoriyalar va talabalarning bilim olish darajasi bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida institut rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev soʻnggi yillarda oliy taʼlim tizimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ilm maskanida barcha zarur shart-sharoitlar yaratilayotgani, natijada talabalar muassasaning oʻzida ham nazariy, ham amaliy koʻnikmalarga ega boʻlayotganini bildirdi.

Shuningdek, professor-oʻqituvchilarning xorijdagi oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirib, stajirovka oʻtayotganligi, qoʻshma taʼlim dasturlari asosida talabalar bir qator chet eldagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotganligi haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuv soʻnggida mehmon yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berib, taʼlim jarayonlarini yanada takomillashtirish boʻyicha oʻzining fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini bildirdi.

Qidirish