Yangiliklar

Image

Bir yuz yetti nafar talaba “UzAuto Motors”da diplom oldi amaliyot oʻtaydi

Andijon mashinasozlik institutida “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyatida diplom oldi amaliyot oʻtashni istagan 4-bosqichda tahsil oluvchi talabalar uchun saralash suhbati oʻtkazildi.

Jamiyat bilan oʻrnatilgan hamkorlik shartnomasiga muvofiq oʻtkazilgan saralashda jamiyat tarkibidagi “UzAuto Academy”ning yetakchi mutaxassislari ishtirok etib, nomzodlarni saralab oldilar.

Saralash suhbatida Iqtisodiyot, Metrologiya, Mexatronika va robototexnika taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan 150 nafarga yaqin bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdi.

Suhbat davomida ularning olgan nazariy bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Yakunda 107 nafar talabalar diplom oldi amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻldilar.

Qayd etish lozim, diplom oldi amaliyotini samarali tashkil etish va har bir talabaning oʻz diplom mavzusi doirasida kerakli maʼlumotlar bazasini shakllantirishi va amaliyot davrida korxonada ishlash imkoniyatini qoʻlga kiritishi uchun ham zarur jarayon hisoblanadi.

Qidirish