Yangiliklar

Image

“ANDIJAN Conch Cement” qoʻshma korxonasi institut bitiruvchi talabalarini ishga taklif qiladi

✅Buloqboshi tumanida joylashgan “ANDIJAN Conch Cement” Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasi Andijon mashinasozlik institutining bitiruvchi bosqich talabalarini tanlov asosida quyidagi mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ishga taklif qiladi.
📌 HR mutaxassisi 1 nafar;
📌 taʼminot boʻlimi 2 nafar;
📌 Maʼmuriy mutaxassis 1 nafar;
📌 Moliyaviy hisob 1 nafar;
📌Kon texnologiyasini boshqarish 2 nafar;
📌Qurilish mashinalarini boshqarish 2 nafar.
📌 Mexanik texnologiyalarni boshqarish 5 nafar;
📌 Elektr boshqaruv 6 nafar;
📌 Xavfsizlik texnologiyasini boshqarish 1nafar;
📌Sifat nazoratchisi 2 nafar;
📌Texnologiya jarayon boʻyicha mutaxassis 4 nafar;
📌 Sotuvchi 4 nafar.
Nomzodlarga qoʻyiladigan talab: 25 yoshgacha, kollej diplomi yoki undan yuqori, logistika boshqaruvi va boshqa tegishli mutaxassisliklar boʻyicha mutaxassislik, kompyuterlar va kundalik ofis dasturiy taʼminotidan foydalanish boʻyicha malakalarga ega boʻlishi lozim.
Ishga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar ega boʻladilar:
1. Agar xodim korxonadan 20 kilometrdan uzoq masofada yashasa bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
2. Kuniga uch mahal bepul ovqat;
3. Ish haqini har oyning 10-kunida oʻz vaqtida olish;
4. Har bir xodim uchun baxtsiz hodisalardan sugʻurta sotib olish;
5. Yil oxirida bonus;
6. Kasbiy koʻnikmalarni oʻrgatish;
7. Xitoyda oʻqish va almashish imkoniyatiga ega boʻlish;
8. Ishni ragʻbatlantirishning mukammal kanali;
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar institutning Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimiga yoki telegram orqali @muzaffarovic23 ga murojaat qilishlari mumkin.
🔍 Korxona manzili: Buloqboshi tumani, Usmonobod qishlogʻi.

Qidirish