Yangiliklar

Image

Institutda haftaning payshanba kuni — Sport va salomatlik kuni deb eʼlon qilindi

Andijon mashinasozlik institutida professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda ular orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida haftaning payshanba kuni – Sport va salomatlik kuni deb eʼlon qilindi.

Endilikda haftaning har payshanba kunida “Talaba” sport klubi tomonidan professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar oʻrtasida futbol, voleybol, basketbol, kamondan oʻq otish, shaxmat-shashka, stol tennisi va boshqa sport turlari boʻyicha muntazam ravishda musobaqalar oʻtkazilishi belgilandi.

Shu munosabat bilan bugun institutda yangi qurib bitkazilgan sport majmuasida musobaqalarga start berish oldidan tantanali tadbir oʻtkazildi.

Unda soʻzga chiqqan institut rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev jismoniy faollik salomatlikning eng muhim shartlaridan biri ekanligini, har qanday inson ham jismonan, ham maʼnan sogʻlom boʻlsagina faol hayot tarzini davom ettirishga qodir boʻlishini qayd etdi. Shuningdek, institutda barchaning ommaviy sport mashgʻulotlari bilan shugʻullanishi uchun qulay va zarur sharoit yaratish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilganini taʼkidladi.

Shundan soʻng belgilangan rejaga muvofiq barcha sport turlari boʻyicha qizgʻin va murosasiz kechadigan bahslarga start berildi.

Qidirish