Yangiliklar

Image

Professor-o‘qituvchilar uchun maxsus treninglar o‘tkazilmoqda

Soʻnggi yillarda oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy oʻquv va ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablagʻlarini keng jalb qilish hisobiga yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa muassasalarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirishga xizmat qilmoqda.


Shuningdek OTMlarni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi roʻyxatiga kiritishga keng yoʻl ochib bermoqda.

Amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar natijasida Andijon mashinasozlik instituti xalqaro reytinglarda munosib ishtirok etib, quvonarli natijalarga erishib kelmoqda.

Soʻnggi uch yillik faoliyatni sarhisob qiladigan boʻlsak, institut 2021-yildan buyon UI GreenMetric World University Rankings reytingida ishtirok etish uchun maʼlumotlar taqdim etib kelmoqda. Natijada 2023-yilda institut mazkur reytingda 454-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.

THE Impact Rankings va World University Rankings reytinglarida esa 1001+ darajada oʻrin egallab, davogarlar roʻyxatiga qoʻshildi. 

Yuqorida qayd etilgan reytinglarda kuchli 1000talikka kirish, oliy taʼlim sifati samaradorligini oshirish maqsadida joriy yildan institutda maxsus intensiv kurslarni oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. Kurslarni xorijiy va davlat grantlari asosida taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishda faol ishtirok etayotgan professor-oʻqituvchilar oʻtkazilishi belgilandi.

Kuni kecha ushbu kursning dastlabki seminar-treningi oʻtkazildi.

Unda institut rektori U.M.Turdialiyev, barcha kafedralar mudirlari, eng ilgʻor professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Trening davomida Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti kafedrasi professori Zafar Joʻrayev tomonidan taʼlim sohasida hamda ilmiy-tadqiqot loyihalarini tayyorlash va taqdim etish tartibi hamda bosqichlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. 

Qidirish