Yangiliklar

Image

Maxtumquli ijodiga bagʻishlangan ijodiy kecha oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik instituti Axborot resurs markazida Maxtumquli Firogʻiy xotirasiga bagʻishlangan ijodiy kecha boʻlib oʻtdi.

Unda Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, shoirlar Baxtiyor Fidoiy va Sardor Sirojiddin, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Muhtaramxon Xalikovalar ishtirok etdi.

Dastlab ijodkorlar oʻzlarining ijod namunalaridan oʻqib eshittirdilar.

Shundan soʻng tadbirda buyuk turkman shoiri, mutafakkiri Maxtumquli hayoti va ijodi haqida maʼlumot berilib, uning oʻzbek va turkman xalqlarining doʻstlik timsoli ekanligi taʼkidlandi. Shuningdek, Maxtumquli nafaqat turkiy xalqlar, ayni paytda jahon adabiyoti va madaniyati tarixida alohida oʻrin egallagan atoqli shoir va mutafakkir ekanligi qayd etildi. Hassos soʻz sanʼatkorining chuqur gumanizm bilan sugʻorilgan asarlari mard va matonatli, mehnatkash turkman xalqining ezgu qadriyatlari va olijanob fazilatlarini tarannum etishi, hamisha xalq bilan hamdard boʻlishga, turli millat va elatlar oʻrtasida oʻzaro ahillik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan mazmun-mohiyati bilan barchamiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun ibrat namunasi hisoblanishi bildirildi.

Tadbirda talabalar tomonidan Mahtumquli ijodidan namunalar oʻqildi.

Qidirish