Yangiliklar

Image

Yer soati kuni munosabati bilan o‘tkazilgan aksiyada institutimiz ham faol ishtirok etdi

25-mart kuni Andijon mashinasozlik institutidagi elektr jihozlari bir soatga  o‘chirildi

Bugun respublikamiz bo'ylab o‘tkazilgan 25-mart — Yer soati kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus aksiyada doirasida Andijon mashinasozlik institutida ham barcha elektr jihozlari bir soatga o‘chirildi. 

Institut jamoasi  va talabalari ushbu qimmatli daqiqalardan unumli foydalangan holda ona tabiatga sayr, samimiy suhbat va doʻstona fikrlar almashishdi.


 
Shuningdek vaqtdan unumli foydalangan holda bo‘sh turgan yer maydonlariga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. 

🌸 Ona tabiatni asrash — har birimizning muqaddas burchimizdir!

Qidirish