Yangiliklar

Image

Transport va logistika fakultetiga dekan tayinlandi

Andijon mashinasozlik instituti rektorining tegishli buyrug‘i bilan Qobulova Nilufarxon Jalilovna Transport va logistika fakulteti dekani etib tayinlandi.

U shu kunga qadar institutning Mehnat muhofazasi kafedrasi mudiri vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Nilufarxon Qobulova 1973-yilda Xoʻjaobod tumanida tugʻilgan.

1996-yilda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini bakalavriati hamda 2003-yilda aspiranturasini tamomlagan. Texnika fanlari nomzodi, dotsent. 

Nilufarxon Qobulova oʻz mehnat faoliyatini 1996-yilda Xoʻjaobod tumanidagi sugʻurta agentligida oddiy mutaxassis vazifasidan boshlagan. 2000-yildan 2023-yilga qadar Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektor kotibasi toʻqimachilik va yengil sanoat buyumlari texnologiyasi kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi, Andijon mashinasozlik instituti texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi katta oʻqituvchisi, kafedra mudiri, magistratura boʻlimi boshligʻi, Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudiri kabi lavozimlarda ishlagan. 2022-yildan buyon Mehnat muhofazasi kafedrasi mudiri vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Andijon mashinasozlik instituti jamoasi Nilufarxon Qobulovani ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va zafarlar tilaydi!

Qidirish