Yangiliklar

Image

“Eng yaxshi notiq” tanlovi gʻoliblari aniqlandi

Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazida Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan talabalar oʻrtasida “Eng yaxshi notiq” tanlovi oʻtkazildi.

Unda barcha fakultetlardan oʻn besh nafarga yaqin ishtirokchilar oʻzlari tayyorlab kelgan nazmiy va nasriy asarlar asosida notiqlik mahoratlarini namoyish etishdi. Ifodali va mazmunli sheʼrlar hamda nasriy asarlardan parchalar oʻqishdi, yoddan aytib berishdi.

Talabalarning nutqiy boyligi, ularning maʼnaviy dunyosini boyitish, mustaqil va tanqidiy-tahliliy fikrlashini oʻstirishga zamin yaratish, yetakchilik xislatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ushbu tanlovda ishtirokchilar hakamlar hayʼati tomonidan munosib baholab borildi.

Tanlov yakunida Transport va logistika fakulteti Mehnat muhofazasi va texnik xavfsizligi yoʻnalishi talabasi Nodira Gʻulomova ”Eng yaxshi nasriy havola uchun” hamda Avtomobilsozlik fakulteti Avtomobilsozlik va traktorsozlik yoʻnalishi talabasi Muhammad Abdurasulov “Eng yaxshi nazmiy havola uchun” yoʻnalishlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Qidirish