Yangiliklar

Image

Arqon tortish, tosh koʻtarish, hatto Workoutda ham Transport va logistika fakulteti talabalari gʻolib

Andijon mashinasozlik instituti sport majmuasida sportning arqon tortish, tosh koʻtarish, Workout turlari boʻyicha institut birinchiligi musobaqalari oʻtkazildi.

Unda barcha fakultetlardan yuz nafarga yaqin polvonlar ishtirok etdi.

Oʻtkazilgan musobaqalar yakuni boʻyicha tosh koʻtarish boʻyicha bellashuvda Transport va logistika fakulteti Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yoʻnalishi talabasi Ahmadali Karimberdiyev eng kuchligi deb topilib, birinchi oʻringa sazovor boʻldi. Elektrotexnika fakulteti Elektr energetikasi yoʻnalishi 04-23 guruh talabasi Sherzod Ibragimov va Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti Mexatronika yoʻnalishi 27-23 guruh talabasi Javohir Bahodirovlar bir oz imkoniyatni boy berib, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarga sazovor boʻlishdi.

Arqon tortish boʻyicha bahslarda gʻoliblik Transport va logistika fakulteti jamoasiga nasib qilgan boʻlsa, ikkinchi oʻrinni Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti egalladi. Elektrotexnika fakulteti jamoasi esa uchinchi oʻrin bilan musobaqani yakunladi.

Street Workout boʻyicha turnirda esa Transport va logistika fakulteti Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yoʻnalishi 31-20 guruh talabasi Habibulla Karimov, Elektrotexnika fakulteti elektr energetikasi yoʻnalishi 02-23 guruh talabasi Ummatali Murodov va Transport va logistika fakulteti Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yoʻnalishi 45-22 guruh talabasi Shohruh Olimjonovlar shohsupadan munosib oʻrin egallashdi.

Gʻoliblar Navroʻz bayrami arafasida taqdirlanadi.

Qidirish