Yangiliklar

Image

Kimyo fani boʻyicha olimpiada gʻoliblari aniqlandi

Andijon mashinasozlik institutida birinchi va ikkinchi bosqich talabalar oʻrtasida Kimyo fani boʻyicha olimpiadasi oʻtkazildi.

Institut tahsil olayotgan istiqbolli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning iqtidorini roʻyobga chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish yoʻlida yaqindan yordam berish maqsadida tashkil etilgan mazkur ilm-fan bellashuvida qirq nafar talaba ishtirok etdi.

Olimpiadada ishtirokchilarning bilimlari uchta – test, suhbat va amaliy laboratoriya bosqichi boʻyicha sinovdan oʻtkazildi.

Uchinchi yakuniy bosqichda sakkiz nafar talaba qatnashib, kimyo laboratoriyasida amaliy ishlarni bajarishdi.

Yuqori malakali hakamlar hayʼatining yakuniy baholariga koʻra, Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-bosqich talabasi Izatillo Abduvahobov eng yuqori ball toʻplab, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Odina Kamoldinova, Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yoʻnalishi talabasi Diyorbek Gʻaniyev va Mashinasozlik texnologiyasi, Mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Maftuna Abduhamidovalar faxrli ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallashdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, birinchi oʻrinni egallaganlarga bazaviy stipendiya miqdorining 1.5 barobari, ikkinchi oʻrin uchun bazaviy stipendiya miqdorining 1.2 barobari, uchinchi oʻrin uchun bazaviy stipendiya miqdorining bir barobari miqdorida ragʻbatlantiriladi.

Qidirish