Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakultetida “Yangi Oʻzbekistonning istiqbolli yoshlari” mavzusida oʻtkazilayotgan talabalar ilmiy-amaliy anjuman haftaligi doirasida anjuman oʻtkazildi.
Anjuman dasturiga muvofiq Muqobil energiya manbalari, Energiya tejamkorligi va energoaudit, Elektr texnikasi,elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari, yoʻnalishlarida tahsil oluvchi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi bosqich talabalari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida masʼullar haftalikni oʻtkazish maqsadi, rejalar, kelgusida kutilayotgan natijalar haqida oʻzlarining fikr mulohazalarini bildirdilar.
Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga taqdimot egalaridan batafsil javob oldilar.