Yangiliklar

Image

Aql gimnastikasi bahslarida gʻoliblar aniqlandi

Andijon mashinasozlik institutida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan sportning shaxmat va shashka turlari boʻyicha professor-oʻqituvchilar va xodimlar oʻrtasida institut birinchiligi oʻtkazildi.


Prezidentimizning 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan musobaqada 30 nafardan ortiq aql gimnastikasi ustalari ishtirok etdi.

Murosasiz va keskin bahslar yakuniga koʻra, professor-oʻqituvchi ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan bellashuvlarda shashka boʻyicha Transport va logistika fakulteti dekan oʻrinbosari Gulsoraxon Yusupova hamda shaxmat boʻyicha Elektrotexnika fakulteti oʻqituvchisi Gulchehra Umarovalar birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Shashka boʻyicha mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomatlashtirish kafedrasi oʻqituvchisi Dilfuzaxon Umarova, Avtomobilsozlik kafedrasi oʻqituvchisi Mohidil Rasulova, shaxmat boʻyicha Transport va logistika fakulteti oʻqituvchisi Davlatxon Muqimova, Axborot texnologiyalari kafedrasi oʻqituvchisi Maʼmuraxon Ergashevalar ikkinchi va uchinchi oʻrinni egalladi.

Erkaklar oʻrtasida shashka boʻyicha Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti kafedrasi oʻqituvchisi Azizbek Sotvoldiyev ham shaxmat boʻyicha Axborot texnologiyalari boʻyicha Erkinjon Qoʻldoshevlar gʻolib boʻlishdi.

Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar esa Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti dekan oʻrinbosari Nazirjon Qodirov, Botirjon Tursunov va Avtomobilsozlik kafedrasi oʻqituvchilari Karimjonov, M. Isaqjonov Karimxoʻjayevlarga nasib qildi.

Gʻoliblar Navroʻz bayrami arafasida taqdirlanadi.

Qidirish