Yangiliklar

Image

Kamondan oʻq otish — Navroʻz turniri

Andijon mashinasozlik institutida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan sportning Kamondan oʻq otish turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

“Talaba” sport klubi tomonidan talabalarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil oʻtkazish, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini taʼminlash va iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadida tashkil etilgan musobaqada yigirmaga yaqin kamonchi yigit-qizlar ishtirok etdi.

Qizgʻin kurashlarga boy tarzda oʻtgan musobaqa yakunida oʻgʻil bolalar oʻrtasida Iqtisodiy fakulteti 3-bosqich talabasi Davron Habibullayev hamda qizlar oʻrtasida Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti 2-bosqich talabasi Maftuna Ismoiljonovalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, Transport va logistika fakulteti 3-bosqich talabasi Ziyodullo Amirov, Elektrotexnika fakulteti 4-bosqich talabasi Nozima Joʻraboyeva hamla Avtomobilsozlik fakulteti talabalari Elmurod Olimov va Nilufar Jaloldinovalar mos ravishda ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallashdi.

Sportning boshqa turi boʻyicha musobaqalar davom etmoqda.

Gʻoliblar Navroʻz bayrami arafasida taqdirlanadi.

Qidirish