Yangiliklar

Image

Institut va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Andijon mashinasozlik instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Suhrobjon Aliyev joriy yilning 5-fevral kuni prezidentimiz raisligida ijtimoiy sohalarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Boʻston va Shahrixon tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarda boʻldi.

Dastlab maktablarda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Shundan soʻng maktablar psixologlari, sinf rahbarlari va bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari tomonidan taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, malakali mutaxassislar tayyorlash, texnikum va oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari bandligini taʼminlash, ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivojlantirish borasida oliy oʻquv yurtlari zimmasiga qator vazifalar yuklangani qayd etildi. Shuningdek, institut haqidagi roliklar namoyish etilib, muassasa salohiyati, reytinglardagi oʻrni, fakultet va yoʻnalishlar haqida tushunchalar berildi.

Muloqotlarda maktablarda oʻqitiladigan aniq va tabiiy fanlar, xorijiy tillar uzviyligini institutning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida ham taʼminlash bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida Andijon mashinasozlik instituti Boʻston va Shahrixon tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablar oʻzaro anglashuv memorandumlari imzolandi.

Memorandumga asosan kelgusida institutning mos kafedralar professor-oʻqituvchilari tomonidan umum kasbiy fanlar boʻyicha maktab jamoalari uchun mahorat darslarini oʻtkazish, 9-11 sinf oʻquvchilari bilan seleksi ishlarini amalga oshirish, maktab oʻqituvchilarini malakasini oshirish, ularning respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarida ishtirok etishiga koʻmaklashish belgilangan.

Qidirish