Yangiliklar

Image

Dekan iqtidorli talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakultetida ilmiy sohada eng yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan talabalar uchun “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” uchrashuvi oʻtkazildi.

Unda fakultet dekani Muzaffarxon Joʻraxonov hamda uning yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Ilhomjon Qobulov ishtirok etdi.

Uchrashuvda yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning samarasi oʻlaroq, barcha sohalar qatori oliy taʼlim tizimida ham yangilanishlar, taʼlim oluvchilar uchun koʻplab imkoniyatlar yaratilganini, oʻz navbatida yoshlar ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, oʻqib, oʻrganib, kelajakda Oʻzbekiston rivoji uchun oʻz hissasini qoʻshishlari lozimligi taʼkidlandi. Shuningdek, dekan talabalarning tashabbuslari va takliflarini amalga tatbiq etishga doimo tayyor ekanligini bayon qilib, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirdi.

Bundan tashqari ilmiy sohada qoʻshimcha izlanishlar olib borayotgan, oʻzining namunali xulqi va jamoat ishlarida namuna koʻrsatayotgan talabalar nomdor Davlat stipendiyalari uchun tanlovlarda ishtirok etish mumkinligini aytib, tartiblari bilan tanishtirdi.

Uchrashuv davomida 2023-2024-oʻquv yili birinchi semestrida fakultet talabalari orasida eng yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi bilan namuna koʻrsatgan talabalar alohida eʼtirof etildi.

Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob olishdi.

Qidirish