Yangiliklar

Image

Anjumanning faol ishtirokchilari sertifikat bilan taqdirlandi

Andijon mashinasozlik institutida “Yangi Oʻzbekistonning istiqbolli yoshlari” mavzusida oʻtkazilayotgan talabalar ilmiy-amaliy anjuman haftaligi oʻz ishini davom ettirmoqda.

Anjuman dasturiga muvofiq Avtomobilsozlik fakultetida Avtomobilsozlik va traktorsozlik, Energiya mashinasozligi, Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti, Biotibbiyot muhandisligi, Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi, Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi yoʻnalishlarida tahsil oluvchi ikkinchi bosqich talabalari ishtirok etdi.

Anjuman davomida talabalarning “Uskunaning umumiy samaradorligini biblometrik tahlili”, “Ishlab chiqarish korxonalarida xalqaro standartlarni integratsiya usuli bilan joriy qilish”, “Mahsulot sifatini baholashda xalqaro standartlarning ahamiyati”, “Avto toʻqima materillarini sifatini ekspress usuli yordamida nazorat qilish va baholash”, “Reabilitatsiyani keng koʻlamda ommaga tatbiq etish”, “Respublikada yengil sanoat korxonalarining faoliyati va eksport salohiyati” mavzularida maʼruzalari tinglandi.

Anjuman yakunida faol ishtirok etgan talabalarga Sertifikatlar topshirildi.

Qidirish