Yangiliklar

Image

Yashil maydonda murosasiz bahslar

Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakultetida sportning futbol turi boʻyicha talabalar oʻrtasida institut birinchiligi musobaqasi oʻtkazildi.

Navroʻz umumxalq bayrami arafasida tashkil etilgan mazkur musobaqada barcha fakultetlarning terma jamoalari gʻoliblik uchun murosasiz kurash olib bordilar.

Yakuni natijalarga koʻra, final bahsida Iqtisodiyot fakulteti jamoasi Transport va logistika fakulteti jamoasini 2:1 hisobda magʻlub etib, birinchilikni qoʻlga kiritdi. Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti jamoasi esa uchinchi oʻrinni egallab, musobaqa shohsupasi sovrindorlari safidan joy oldi.

Sportning boshqa turi boʻyicha musobaqalar davom etmoqda.

Gʻoliblar Navroʻz bayrami arafasida taqdirlanadi.

Qidirish