Yangiliklar

Image

"Ma`rifat"lik Nurillo o‘z binesini yo‘lga qo‘ymoqchi

Andijon shahrining Maʼrifat mahallasida yashovchi Nurillo Erkinov 28 yoshda. Otasi Mahmudjon akaning yoʻlidan ketib, oshpazlik hunarini egallagan. Yosh, tajribali va qoʻli shirin oshpazlardan. Shunday boʻlsa-da toʻrt yildan ortiq muddat Rossiya Federatsiyasida ishlab, oilasiga koʻmaklashdi. 2023-yilda migratsiyadan qaytib keldi.

Shundan buyon Xoʻjaobod tumani va Andijon shahridagi fast-fud ovqatlanish shoxobchalarida turli yengil taomlar tayyorlab, oilaga koʻmaklashib kelayotgan edi. Afsuski ayrim sabablarga koʻra, u yana ishsiz qoldi. Shu sababli u ham davlatimiz rahbarining topshirigʻiga asosan Andijon mashinasozlik instituti rektoriga biriktirilgan.

Kuni kecha rektor Umid Turdialiyev mahallada joylashgan 52-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Nurillo kabi oʻziga biriktirilgan 25 nafar yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida prezidentimiz farmoni bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida yoshlar muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga oʻqitish orqali ularning bandligini taʼminlash boʻyicha koʻplab vazifalar belgilanganini taʼkidladi. Shuningdek, har bir vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlariga ijtimoiy-moddiy jihatdan yordam zarur boʻlgan, alohida eʼtiborga muhtoj va migratsiyadan qaytgan, ammo bandligi taʼminlanmagan yoshlar biriktirilib, ularni har tomonlama qoʻllab- quvvatlash kabi masalalarga eʼtibor qaratilayotganini qayd etdi.

Ushbu uchrashuvda Nurillo oʻz xonadonida taomlar tayyorlab, sotish orqali oʻz bandligini taʼminlash istagida ekanligini, buning uchun zarur jihozlarni sotib olishda yordam lozimligini bildirdi.

Uchrashuv davomida har bir yoshning muammolari tinglanib, shundan kelib chiqqan holda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dastur ishlab chiqish va amalga oshirish rejalashtirildi.

Qidirish