Yangiliklar

Image

Olqishlarga sazovor boʻlgan “Uch kunlik dunyo”

Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakultetida talabalar uchun “Uch kunlik dunyo” spektaklining namoyishi oʻtkazildi.

Talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning isteʼdodlarini, aktyorlik qobiliyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida “Besh muhim tashabbus” doirasida Avtomobilsozlik fakultetida teatr jamoasi tashkil etilgan.

Ushbu jamoa tomonidan har oyning birinchi oʻn kunligida spektakllari namoyishi oʻtkazilmoqda.

Bu gal jamoa aʼzolari yozuvchi-dramaturg Nabijon Qodirov qalamiga mansub, Oʻzbek milliy drama teatri rejissyori Marat Azimov tomonidan sahnalashtirilgan “Uch kunlik dunyo” spektakli namoyish etildi.

Talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan spektakl. tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Qidirish