Yangiliklar

Image

Yoshlar diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi

Andijon mashinasozlik instituti Axborot-resurs markazida “Yoshlarni ekstremizm gʻoyalaridan asrash- barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Unda Andijon shahar hokimining diniy masalalar boʻyicha maslahatchisi A.Muzrobxonov, Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻlimi xodimi, mayor R. Oʻlmasov, institut rektorining talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash boʻyicha maslahatchisi A. Islomov, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi M. Xaliqova hamda profilaktika inspektori I Qahhorovlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida maʼruzachilar tomonidan yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik oliy neʼmatligi, har bir millatning maʼnaviyatini uning tarixi, urf-odatlari, anʼanalari, barhayot qadriyatlari tashkil etishi taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek, turli vaʼdalarga ishonib, yot oqimlar taʼsiriga tushib aldanib qolmasdan, balki, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga oʻz hissasini qoʻshish, halol mehnat qilishga odatlanish, kelgusida malakali mutaxassis boʻlib yetishishga harakat qilish bugungi yoshlarning asosiy vazifalaridan biri ekanligi qayd etildi.

Uchrashuvda ishtirok etganlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.

Qidirish