Yangiliklar

Image

Transport va logistika fakulteti xodimlari tyutorlarni 3:0 hisobida magʻlub etdi

Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakulteti sport maydonchasida sportning minifutbol turi boʻyicha professor-oʻqituvchilar va xodimlar oʻrtasida institut birinchiligi musobaqasi oʻtkazildi.

Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan oʻtkazilgan musobaqada sakkizta jamoa gʻoliblik uchun yashil maydonda kuch sinashdilar.

Bellashuvlar qizgʻin va murosasiz kechdi.

Oʻz guruhida barcha raqiblari ustidan gʻalaba qozonib, final bosqichiga yetib kelgan Transport va logistika fakulteti hamda Tyutorlardan tuzilgan jamoalarning qizgʻin kechgan bahsida fakultet xodimlari 3:0 hisobida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda Transport va logistika fakultetining yana bir jamoasi 4:1 hisobida Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetiga imkoniyatni qoʻldan boy berdi.

Gʻoliblar Navroʻz bayrami arafasida taqdirlanadi.

Qidirish