Yangiliklar

Image

Anjumanlarda iqtisodiy va ijtimoiy muammolar aks etgan dolzarb mavzular koʻtarilmoqda

Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakultetida Yangi Oʻzbekistonning istiqbolli yoshlari” mavzusida oʻtkaziladigan talabalar ilmiy-amaliy anjuman haftaligi doirasida anjuman oʻtkazildi.

Unda fakultetning Transport vositalari muhandisligi, Yoʻl harakatini tashkil etish, Avtomobil servisi, Yoʻl muhandisligi, Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yoʻnalishlarida tahsil oluvchi ikkinchi bosqich talabalari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida masʼullar haftalikni oʻtkazish maqsadi, rejalar, kelgusida kutilayotgan natijalar haqida oʻzlarining fikr mulohazalarini bildirdilar.

Shundan soʻng, Avtomobil servis yoʻnalish talabasi Isomiddin Burhonovning “Ichki yonuv dvigatellarida moylash tizimining vazifasi hamda ahamiyati”, Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi Shahlo Madaminovaning “Favqulodda vaziyatlar va baxtsiz hodisalarda birinchi yordam koʻrsatish tartibi” va boshqalar oʻzlari taqdim qilgan iqtisodiy va ijtimoiy muammolar aks etgan dolzarb mavzularga oid tezislarini himoya qildilar.

Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga taqdimot egalaridan batafsil javob oldilar.

Qidirish