Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti abituriyentlar uchun hududlarda oʻz taqdimotlarini oʻtkazmoqda

Maktab bitiruvchilarini oliy taʼlimga qamrab olish, oʻzlari istagan kasblarga yoʻnaltirish maqsadida Andijon mashinasozlik instituti marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi xodimlari tomonidan Andijon shahridagi umumtaʼlim maktablarida boʻlishib, institut imkoniyatlari namoyish etishmoqda.

Shunday tadbirlardan biri shahardagi 13- va 50-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻtkazildi. Unda Transport vositalari muhandisligi kafedrasi oʻqituvchilari ham ishtirok etdi.

Taqdimotlar davomida bitiruvchilarga institut faoliyati, mavjud yoʻnalishlar, talabalarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, abituriyentlarni qabul qilish tartiblari xususida keng maʼlumotlar berilmoqda.

Shuningdek, diplom olgach ularni qanday kasbiy faoliyat istiqbollari kutayotgani haqida maʼlumotlar taqdim etilmoqda.

Qidirish