Yangiliklar

Image

Isteʼmolchi oʻz huquqini himoya qila oladimi?

Andijon mashinasozlik institutida 15-mart – Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni oldidan “Isteʼmolchilar huquqlari: muammo va yechimlar hamda Moliyaviy savodxonlik” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Unda Raqobatni rivojlantirish va Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarlari Obidjon Boltaboyev ham Nodirbek Tursunov, boshqarma mutaxassisi Azizbek Abdiyev hamda Transport va logistika fakulteti dekani Akmaljon Rahimovlar ishtirok qatnashdi.

Tadbirda “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” qonun mazmun-mohiyati, uning amaldagi ijrosi hamda isteʼmolchilarning isteʼmol va huquqiy madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarning ahamiyati haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, yoshlarning moliyaviy sektorda huquqiy ongini takomillashtirish, xususan keyingi vaqtlarda ommalashib borayotgan moliyaviy xizmatlar sohasida isteʼmolchi huquqlari buzilish holatlari, turmushda shaxsiy moliyaviy masalalarni toʻgʻri yuritish, moliyaviy firibgarlikdan oʻzini himoya qilish boʻyicha zarur tushunchalar berib oʻtildi.

Davra suhbati davomida qoʻmita tomonidan oʻtkazilayotgan Moliyaviy savodxon yosh isteʼmolchi” onlayn olimpiadasi haqida maʼlumot berildi.

Tadbir davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Qidirish