Yangiliklar

Image

Talabalar ilmiy-amaliy anjumani haftaligiga start berildi

Andijon mashinasozlik institutida “Yangi Oʻzbekistonning istiqbolli yoshlari” mavzusida oʻtkaziladigan talabalar ilmiy-amaliy anjuman haftaligi oʻtkazilmoqda.

Kuni kecha Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari hamda mashinasozlik texnologiyasi fakultetlarida ushbu haftalikka start berildi.

Mazkur anjuman Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi ijrosini taʼminlash, talabalarning olib borgan ilmiy-ijodiy izlanishlari va tadqiqotlari natijalarini keng targʻib etish, ularning ilm-fan rivoji yoʻlida munosib avlod boʻlishdek ezgu intilishlarini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Haftalik doirasida ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi bosqichlarda tahsil olayotgan talabalar oʻz bitiruv malakaviy ish mavzulari doirasida amalga oshirilgan faoliyatlari boʻyicha ilmiy tezislar yozib, hisobot berishmoqda. Shuningdek, qatnashchilar oʻz yoʻnalishlari boʻyicha qiziqarli maʼruza va maʼlumotlar tayyorlab, dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolar boʻyicha bahs-munozaralar uyushtirmoqdalar.

Maʼlumot uchun, tashkiliy qoʻmita tomonidan tuzilgan ekspert va tahrir hayʼati ijobiy baholagan va saralagan tezislar umumlashtirilib tezislar toʻplami sifatida nashr etiladi. Anjumanda ijobiy baholangan maʼruzalarga har bir shoʻba boʻyicha ishtirok etayotgan talabalarning oʻzlari gʻoliblarni belgilaydi.

Anjuman shoʻbalarida qatnashgan har bir talabaga anjumanda ishtirok etganligi toʻgʻrisida sertifikat beriladi va oʻrin olgan talabalar diplom bilan taqdirlanadi.

Qidirish